Ekologiya vazirining o`rinbosarlari tayinlandi.
Obidjon Qudratov ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u tabiat resurslari vazirining birinchi o`rinbosari edi.
Jusipbek Kazbekov ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u tabiat resurslari vazirining o`rinbosari edi.
Narzullo Oblomuradov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan tabiat resurslari vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
11.06.2023 10:50
Ekologiya vazirining o`rinbosarlari tayinlandi






