Hindistonning eng yirik loukoster operatori “IndiGoGo Airlines” Dehli (DEL) – Toshkent (TAS) – Dehli (DEL) yo`nalishi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri muntazam yo`lovchi reyslarini joriy yilning avgustidan sentyabr oyiga ko`chirilishini ma`lum qildi.
Operator Dehlidan Tbilisi, Boku, Olmaota va Toshkent shaharlariga, shuningdek, Mumbaydan Nayrobi va Jakartaga to`g`ridan-to`g`ri reyslar yo`lga qo`yilganini e`lon qildi.
Toshkentga parvozlar ekipajlar tomonidan A320/321 samolyotlarida, haftasiga 4 martagacha amalga oshiriladi.






