AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab 36-38 daraja issiq bo`ladi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab 36-38 daraja issiq bo`ladi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlar bilan birga sekundiga 17-22  metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo  va Surxondaryo viloyatlarida  havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 11-16, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar