AsosiyJamiyat

"Vallomati bo`lsa ham, o`qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo`q” — Komil Allamjonov

'"Vallomati bo`lsa ham, o`qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo`q” — Komil Allamjonov'ning rasmi

Avvalroq, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o`qituvchisi 8 iyun kuni maktab o`quvchisi va uning oila a`zolari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur xabarga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari Komil Allamjonov munosabat bildirib, bu ishni qilganlar kim bo`lishidan qat`i nazar qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanishini ma`lum qildi. 

“Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o`qituvchisini kaltaklashda ishtirok etgan kimki bo`lsa, ularning barchasi qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanadi.

Bu bo`yicha huquq-tartibot organlariga kerakli ko`rsatmalar berildi. Vallomati bo`lsa ham o`qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo`q” — deb yozdi Komil Allamjonov.

    Boshqa yangiliklar