AsosiyJamiyat

Surxondaryoda yigit sevgan qizining foto va videolarini tarqatmaslik uchun pul talab qildi

'Surxondaryoda yigit sevgan qizining foto va videolarini tarqatmaslik uchun pul talab qildi'ning rasmi

IIV Axborot xizmatining xabar qilishicha, Termiz tumani “Qoraxon” mahallasida yashovchi O.X. ismli qiz Termiz shahri “Navro`z” mahallasida yashovchi Sh.P. ismli yigit bilan bilan tanishib, biroz muddat ishqiy munosabatda bo`ladi.

Shundan so`ng, yigit mazkur qiz bilan ishqiy munosabatda bo`lib kelgan yalang`och holatdagi foto va videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborishini aytib, O.X.ni qo`rqita boshlaydi. Yigit qizdan video va fotolarni tarqatmaslik evaziga 1,5 mln so`m miqdorida pul talab qilgan.

O.X.ning arizasiga asosan viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahri “Kattabog`” mahallasi hududida joylashgan supermarket oldida o`tkazilgan tezkor tadbirda Sh.P. O.X.dan 1,5 mln so`m pullarni olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sh.P.ga nisbatan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar