AsosiySport

Ulug`bek Rashitov taekvondo bo`yicha Rim Gran-prisi chempioni bo`ldi

'Ulug`bek Rashitov taekvondo bo`yicha Rim Gran-prisi chempioni bo`ldi'ning rasmi

8 yildan so`ng ilk bor o`zbekistonlik taekvondochilar Gran-pri musobaqasida oltin medalga sazovor bo`lmoqda.

Italiya poytaxtida start olgan taekvondo WT bo`yicha Gran-pri musobaqasining birinchi kunida -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug`bek Rashitov oltin medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda Olimpiya qo`mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekistonlik sportchi finalda vengriyalik Levente Jozsani 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, 8 yillik tanaffusdan so`ng, o`zbekistonlik taekvondochilar Gran-pri musobaqasida yana oltin medalga sazovor bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar