AsosiyJamiyat

DXX 1 kg. 75 gr. oltin va 838 gr. yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo`ydi (video)

'DXX 1 kg. 75 gr. oltin va 838 gr. yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo`ydi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy va Samarqand viloyatlari bo`yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Bulung`ur tumanidagi “Yuqori nuqta” YPX maskanida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.


Unda Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan, Xatirchi tumanida yashovchi, 1983 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina to`xtatilib, ko`zdan kechirildi.
Natijada, uning salon qismida umumiy og`irligi 1 kg. 75 gr. bo`lgan 11 dona bo`lakdagi oltin borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Mutaxassislarning baholashicha, ushbu 999 probali oltinning qiymati 795 mln. so`mni tashkil etadi.

Boshqa holatda esa Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, 1968 y.t. shaxs sof og`irligi 838 gr. bo`lgan yoqut qimmatbaho toshni 300 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu summadan 80 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur qimmatbaho toshni 1960 y.t. fuqarodan olganligi aniqlanib, ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida u ham ushlandi. 
Mutaxassislarning baholashicha, ushbu qimmatbaho toshning narxi 477 mln. 256 ming so`mni tashkil etadi.
Ta`kidlash lozimki, har ikki fuqaro ham muqaddam firibgarlik bilan bog`liq jinoyatlari uchun sudlangan bo`lsalarda, o`z xatolaridan to`g`ri xulosa chiqarishmagan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar