Turkiya poytaxti Anqarada 10 iyun kuni raketa va portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan zavod hududida portlash yuz berdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Mamlakat Mudofaa vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, portlash oqibatida besh kishi halok bo`lgan hamda bitta binoga zarar etgan.
"Anqara viloyatining Elmadag tumanidagi Mashinasozlik va kimyo sanoati shirkatiga qarashli raketa va jangovar kallaklar ishlab chiqaradigan zavodda portlash yuz berdi. Oqibatda besh nafar ishchimiz halok bo`ldi", - deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy aholi tomonidan zavod hududida tutun ko`tarilayotgani hamda tez yordam mashinalari ketayotgani aks etgan kadrlar tarqaldi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlash portlovchi moddalardagi reaksiya tufayli yuz bergan.






