Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida 5 004 nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko`rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 953 nafarga yoki 4,8 martaga oshgan.
2023 yilning yanvar-aprel oylarida O`zbekiston Respublikasiga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
- dam olish (turizm) – 4 287 nafar
- qarindoshlarni yo`qlash – 490 nafar
- xizmat yuzasidan – 181 nafar
- o`qish maqsadida – 36 nafar






