Kundan kunga Samarqand sayyohlik markazi nafaqat mahalliy sayyohlarning, balki chet ellik turizm ishtiyoqmandlarining hame`tiborini tortib kelmoqda. Euronews telekanali muxbiri markaz mehmonxonalarida dam olish va turizm bo`yicha takliflar haqida gapirib, ushbu zamonaviy majmuaning yana bir afzalliginiochib berdi.
Jurnalistning ta`kidlashicha, turistik markazgasayohat Samarqandning muhtasham xalqaroaeroportidanoq boshlanadi. Mehmonxonalarning sog`lomlashtirish markazlaridagi xizmatlar buyuk Ibn Sino ta`limotiga, ya`ni o`tmish va hozirgi zamon tibbiyotining eng yaxshi an`analariga asoslanganligi muxbirni e`tiboridan chetda qolmadi.
Euronews muxbiri Galina Polonskaya shunday deydi: “Samarqand bo`ylab sayr qilganingizdan so`ng, dam olish va sog`lomlashtirish uchun noyob majmua hisoblangan Silk Road Samarkand sayyohlik klasterida dam olib, kuch to`plashingiz mumkin. Men bu erga tanam va ruhiyatim uchun foydali bo`lgan yangi marshrutni o`rganish va uni sinab ko`rish uchun tashrif buyurdim".
Silk Road Samarkand markazida sog`lomlashtirish markazlari sifatida bir nechta mehmonxonalar faoliyat yuritadi. Ulardagi turli xil sog`lomlashtirish dasturlari bir necha kundan 2 haftagacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Shu vaqt ichida mehmonlar diqqatga sazovor joylarni ko`rish imkoniga ham ega bo`ladilar.
"O`tmish va hozirgi davr tibbiyoti "Antistress"nomli yaxlit dasturda mujassamlangan. Masalan, uning asosiy turlaridan biri barokameradir. Unda bosim ostida inson tanasining kislorod bilan to`yintirish jarayoni sodir bo`ladi. Bundayantioksidant terapiya organizmdan zararlimoddalarni chiqazib tashlash va orom olishning engyaxshi usullaridan biridir", - deb ta`kidlaydi jurnalist o`z lavhasida.
Lavhada tasvirlanganidek, Silk Road Samarkand bu aql bovar qilmaydigan muhit, sog`lomlashtirishmuolajalari, mazali taomlar, yaxshi kayfiyatdir. Buning natijasida markaz mamlakat bo`ylab sayohat qilishning xamyonbop va ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Galina Polonskaya, shuningdek, yangi Samarqand xalqaro aeroportining imkoniyatlaridan qoyil qolib, unda zamonaviy Samarqandning sayyohlik salohiyatini yuqori darajasini to`liq his qilsa bo`ladi.
Bularning barchasi Euronews reportajida.






