AsosiyDunyo

Tolibon Afg`oniston va Eron chegarasida harbiy mashg`ulotlar o`tkazdi

'Tolibon Afg`oniston va Eron chegarasida harbiy mashg`ulotlar o`tkazdi'ning rasmi

Tolibon kuchlari Afg`onistonning Eron bilan chegaradosh Nimroz viloyatida harbiy mashg`ulotlar o`tkazdi. Bu haqda Nimroz viloyatidagi 3-batalyon qo`mondoni Muhammad Nebi Molla Vurur Tolibon axborot agentligiga ma`lum qildi.

Unga ko`ra, mashg`ulotlar Zaranj viloyatida professional instruktorlar jalb qilingan holda o`tkazilgan. Har xil turdagi og`ir qurollar ishtirokidagi manevrlardan maqsad Tolibon kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdan iborat.

Tolibon Afg`onistonda 2021 yil avgust oyida hokimiyat tepasiga kelgandan so`ng vaqti-vaqti bilan Afg`oniston-Eron chegarasida Eron chegarachilari bilan to`qnashuvlar sodir bo`lib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar