AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevning ishonchli vakili Olmazor tumani saylovchilari bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoevning ishonchli vakili Olmazor tumani saylovchilari bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoevning Toshkent shahri bo`yicha ishonchli vakili Rustam Kalanov Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti majlislar zalida Olmazor tumani saylovchilari bilan uchrashdi.
Unda hudud faollari, tuman kengashi deputatlari, faxriylar, xotin-qizlar va yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Ishonchli vakil saylovchilarni nomzodning hayoti, mehnat faoliyati, beshta ustuvor maqsadni qamrab olgan saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Xususan, sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, aholini tibbiyot tizimidan rozi qilish, o`rtacha umr davomiyligini hozirgi 73 yoshdan kelgusida 78 yoshga etkazish bo`yicha barcha imkoniyatlarni ishga solinishi, aholi o`rtasida ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish ko`rsatkichlarini keskin kamaytirish choralarini aytib o`tdi.

Shuningdek, 2030 yilga qadar onalar va bolalar o`limi, bolalar o`rtasida irsiy kasalliklarni kamida 2 barobarga qisqartirish, onkologik, yurak-qon tomir, diabet, nafas yo`llari va yuqumli kasalliklar bo`yicha erta o`limni esa 2,5 barobarga kamaytirish aholi salomatligini ta`minlash sohadagi eng asosiy vazifalardan biri bo`lishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ishonchli vakil barchani O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoevga ovoz berishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar