Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi xonadonlardan birida noyob turdagi kiyik va uning bolasi saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kiyiklar tumanning Dehqon mahallasida yashovchi fuqaroning uyidan topilgan. Jonivorlar vazirlik ishchi guruhi va "Bobotog`" milliy tabiat bog`i xodimlari tomonidan vaqtinchalik Termiz hayvonot bog`iga topshirilgan.
“Hozirda kiyikning qaysi turga mansub ekanligi, ushbu hududga qanday kelib qolgani va boshqa tafsilotlar o`rganilmoqda”, deyiladi xabarda.






