AsosiyJamiyat

Abiturientlar endi imtihon javobi chiqqach yo`nalish tanlashlari mumkin

'Abiturientlar endi imtihon javobi chiqqach yo`nalish tanlashlari mumkin'ning rasmi

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov abiturientlar test natijalari ma`lum bo`lganidan so`ng yo`nalishlarni tanlash imkoniyatiga ega bo`lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u yangi o`quv yiliga oid o`zgarishlarga bag`ishlangan suhbatda ma`lum qildi.

Abdurahmoning aytishicha, kelgusi yillarda OTMlarga qabul jarayonida bir qator o`zgarishla bo`lishi kutilmoqda

"Abiturient o`qishga hujjat topshirayotganda 5 ta yo`nalishni tanlaydi. Imtihondan o`tgach, test natijalari chiqqandan keyin yo`nalishlarni tanlash imkoniyatini beramiz. Bu keyingi o`quv yilidan boshlanishi mumkin. Hozir shuning ustida ishlayapmiz. Albatta, bu yangilik bo`ladi. Imtihonga oz qolganda fikrini o`zgartirib, yo`nalishini o`zgartirishni so`rab qolish holatlari ko`paygan. Bunday muammolar bor. Abiturient yo`nalishini o`zgartirishini so`rab vazirlikka murojaat bilan kelgan vaziyatlar ko`p bo`lgan. Shuning uchun yangi tartib haqida o`ylayapmiz", – dedi vazir.

    Boshqa yangiliklar