Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qabulga oid jonli efirda ma`lum qilishicha, 2023 yil magistraturaga faqat bir marta yozda qabul bo`ladi.
"O`tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani uchun faqat bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an`anaviy faqat bir marta bo`ladi", dedi vazir.
Ma`lumot uchun: o`tgan yili magistraturaga qishki va yozgi qabul o`tkazilgandi.






