Pentagon bugun Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketini, jumladan, havo hujumidan mudofaa o`q-dorilarini 2 milliard dollardan ortiqroq miqdorda e`lon qilmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib "Zamon.uz" xabar berdi.
Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, gap uchirish moslamalari va Hawk va Patriot havo mudofaa tizimlari uchun mo`ljallangan ikki turdagi ilg`or raketalarga mablag` ajratish haqida ketmoqda.
Ko`plab amerikalik ekspertlar avvalroq Ukrainaga 36 milliard dollardan ortiqroq harbiy yordam AQSh Qurolli kuchlari zaxiralariga sezilarli ta`sir ko`rsatayotganini ta`kidlagan edi.






