AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida "zapravka"da turgan avtomobil portlab ketdi

'Toshkent viloyatida "zapravka"da turgan avtomobil portlab ketdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shohobchalarining birida avtomobilga o`rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro`y berdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 9 iyun kuni soat 09:55 da Toshkent viloyati Parkent tumanida "metan zapravka" Nexia avtomashinasiga gaz quyish vaqtida unga o`rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro`y bergan. Natijada Nexia avtomobili va uning yaqinida bo`lgan 2 ta Damas rusumli avtomashinalarga turli darajada zarar etgan. 

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilot vakillari etib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar