Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Farg`ona shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma xodimi – Marg`ilon shahrida yashovchi, 1987 y.t. fuqaro va uning o`g`lini 20 ming AQSh dollari evaziga Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratiga yuborishni va`da qilib, talab qilingan summadan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u ushbu pul mablag`ini turistik firma rahbarining ko`rsatmasi asosida olganligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar muqaddas Haj safariga borishda firibgarlarning tuzog`iga tushib, aldanib qolmang. Ogoh bo`ling!






