AsosiySport

O`zbekistonlik Umida Omonova shaxmatning rapid yo`nalishida jahon chempioni bo`ldi

'O`zbekistonlik Umida Omonova shaxmatning rapid yo`nalishida jahon chempioni bo`ldi'ning rasmi

Gruziyaning Batumi shahrida 6-8 iyun kunlari 18 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida Jahon chempionati bo`lib o`tdi. O`zbekiston nomidan dona surgan Umida Omonova rapid bo`yicha kadetlar va yoshlar musobaqasida “Qizlar 18” guruhida g`oliblikni qo`lga kiritib, oltin medal sohibi bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston shaxmat federasiyasi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, “Qizlar 08” guruhida ishtirok etgan Mumtozbegim Sobirova 8 ochko jamg`arib, “World Cadet & Youth Rapid Championships 2023” musobaqasining kumush medaliga ega chiqdi. 

Ma`lumot uchun, turnirda jami 35 davlatdan 450 nafardan ortiq shaxmatchi 12 guruhga bo`lingan holda ishtirok etdi. O`zbekiston nomidan esa 21 nafar shaxmatchi qatnashdi.

    Boshqa yangiliklar