AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktab hovlisida 26 tup daraxtni kesgan erkakka jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Toshkentdagi maktab hovlisida 26 tup daraxtni kesgan erkakka jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanidagi maktab hovlisida daraxtlar kesib tashlangani to`g`risida xabar bergan edik. 

Tuman hokimligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, daraxtlarga ziyon etkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug`bek tumanidagi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tasarrufidagi Mafifidum (sobiq 171-maktab) hududidagi 26 tup gledichiya navli manzarali daraxt 28 may, yakshanba kuni fuqaro Anatoliy Strashko tomonidan kesilgan.

Videokuzatuv kamerasining ko`rsatishicha, fuqaro bu ishni maktabni o`rab turuvchi panjaraga tutash bo`lgan garajlardan oshib tushib, amalga oshirgan. Oqibatda o`simlik dunyosiga 312 million 180 ming so`m miqdorida zarar etkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar