AsosiyDunyo

Chimkentda anomal issiq sabab tez yordam chaqiruvlari ko`paymoqda

'Chimkentda anomal issiq sabab tez yordam chaqiruvlari ko`paymoqda'ning rasmi

Qozog`istonnig Chimkent shahrida jazirama tufayli tez yordam chaqiruvlari ko`paydi. Shoshilinch tibbiy yordamga kuniga o`rtacha 1800 kishi murojaat qilgan bo`lsa, keyingi kunlarda bu ko`rsatkich 2000 nafarga etdi, deya yozmoqda Zamon.uz. 

Hududda 45-46 daraja issiq kuzatilmoqda.

Issiqlik to`lqini, ayniqsa, surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun xavfli. Hafta boshidan buyon yurak-qon tomir tizimida muammolarga duch kelgan o`nlab fuqarolar shifoxonalarga yotqizilgan. «Qazgidromet» esa jazirama davom etishini prognoz qilmoqda.

Ko`plab shahar aholisi kunni favvoralar atrofida o`tkazyapti.  Favqulodda vaziyatlar departamenti ham xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bir kun ichida qutqaruv xizmatlariga 30 ga yaqin qo`ng`iroq kelib tushdi. Elektr tarmoqlaridagi tutashuvlar sababli tez-tez yong`inlar kelib chiqmoqda.

    Boshqa yangiliklar