AsosiyJamiyat

“G`ishtko`prik” chegara bojxona postida ko`ylagi ichida noqonuniy dori vositalarini olib o`tishga uringan ayol qo`lga olindi

'“G`ishtko`prik” chegara bojxona postida ko`ylagi ichida noqonuniy dori vositalarini olib o`tishga uringan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent viloyatidagi “G`ishtko`prik” chegara bojxona postida umumiy qiymati 18 000 000 so`m bo`lgan dori vositalarini qayta sotish maqsadida olib kelayotgan ayol to`xtatib qolindi. Bu haqda  viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha️, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

"Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmasevtika mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida "Dorilar va farmasevtika faoliyat haqida" Qonuniga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizasiya qilish faqat dorixonalar  tomonidan amalga oshiriladi",–deyiladi rasmiy ma`lumotda. 

    Boshqa yangiliklar