Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda Piskent tumanida imtiyozli kredit mablag`lari evaziga xarid qilingan chorva mollarini sotib yuborgan MChJ rahbarlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
“N.A.” va “Y.C.” MChJ rahbarlari va boshqalar o`zaro til biriktirib, ushbu MChJlarga ajratilgan jami 500 mln so`m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag`larni o`zlashtirib yuborishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






