AsosiyJamiyat

Yunusobod dehqon bozorida yong`in yuz berdi (video)

'Yunusobod dehqon bozorida yong`in yuz berdi (video)'ning rasmi

Bugun, 8 iyun kuni soat 12:50 da Toshkent shahar Yunusobod tumani A.Temur ko`chasida joylashgan do`kon va dorixonada yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida shahar FVBga xabar tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Shunga ko`ra, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 12:58 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 13:04 da o`rab olingan va soat 13:09 da o`chirilgan.

Yong`in natijasida do`kon va dorixonaning taxminan 80 kv.m. maydonda old tomon alkapon qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar