O`zbekistonda 25 iyundan 3 avgustgacha bo`lgan qirq kunlik davr, xalq an`analariga ko`ra, "chilla" yoki "saraton" deb ataladi, bu Fors tilida "qirq kun" degan ma`noni anglatadi.
"Chilla" - O`zbekiston iqlimining ajralmas qismi deb hisoblanadi.
Yozda qizigan cho`llar ustida yuqori haroratli va namligi kam bo`lgan tropik havo massalari shakllanadi, bu yozning o`rtalarida bulutli, quruq va issiq ob-havoni belgilaydi.
Odatda, haroratning eng yuqori qiymatlari aslida "chilla" davriga to`g`ri keladi. Shunday qilib, bu yil ham "chilla" ning boshlanishi joriy yilning birinchi issiq to`lqinlariga to`g`ri keldi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.
25-29 iyun kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati 40-42° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 43-45° gacha ko`tariladi.
Eslatib o`tamiz, meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari davomida eng issiq iyun oyida havo harorati ko`pchilik viloyatlarda ba`zi joylarda 44-46° gacha, Qizilqum cho`lida 47° gacha, respublikaning eng janubida 48-49° gacha ko`tarilgan.
O`zbekiston aholisida qadimdan jazirama issiqda o`zini tutish madaniyati shakllangan. Ammo yozning issiq kunlarida xatti-harakatlarning ba`zi asosiy qoidalari haqida biz sizga yana bir bor eslatib o`tamiz.
Quyoshda uzoq vaqt qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa kunning o`rtasida. Agar bu ilojisi bo`lmasa, tanani va boshni to`g`ridan-to`g`ri quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qiling.
Ko`p suyuqlik iching, muzlatgichdan muzli ichimliklar emas, balki iliq suv yoki eng yaxshisi ko`k choy iching.
Ko`proq meva, sabzavotlarni iste`mol qiling. Juda achchiq va yog`li ovqatlarni ite`mol qilmaslikka harakat qiling. Sovutish moslamalari bilan jihozlanmagan do`konlardan mahsulotlarni xarid qilmang - ular quyoshda qancha vaqt bo`lganini bilmaysizku.
Kondisionerli xonada bo`lganingizda, to`g`ridan-to`g`ri sovuq havo oqimi tagida o`tirmang va kondisionerni 18 darajadan past bo`lmagan haroratga “dasturlang”.
Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar dori-darmonlarni qabul qilish bo`yicha shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.






