Adliya vazirligi tomonidan yo`l belgilarini o`rnatish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Taqiqlovchi yo`l belgilarini o`rnatish to`g`risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.
Yo`l belgilari reestri shakllantiriladi hamda reestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo`l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
Yo`l belgilarining dislokasiyasi onlayn tarzda e`lon qilib boriladi.
Taqiqlovchi yo`l belgilari faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o`rnatiladi






