AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning uchta tumanida "svet" o`chiriladi

'Bugun Toshkentning uchta tumanida "svet" o`chiriladi'ning rasmi

Bugun 8 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir hamda Chilonzor tumanlari hududidagi qisman aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00ga qadar vaqtinchalik o`chiriladi. Bu haqda  "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.

Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini etkazib berilishini ta`minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish, hamda ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

BEKTEMIR tumanining: "Iyk ota" MFYning Ma`rifat va Hurriyat ko`chalari hamda "Oltintopgan"MFYning Oltintopgan ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

YaShNOBOD tumanining:  Baku, Boysun, G`ijduvon, Hovot, Marv, M.Ashrafiy hamda Qashqadaryo ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

ChILONZOR tumanining: Nurxon, Afshona hamda Qo`shchinor ko`chalari  hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o`chiriladi.

Iste`molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli etkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan avariyali uzilishlarni oldini olish va tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan belgilangan Davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Shu sababli ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi" deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar