Toshkent shahri Bektemir tumanida uylanishini aytib, 4 nafar qizni 165 mln so`mga chuv tushirgan yigitga hukm o`qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, 4 nafar qizni 165 million so`mdan ortiqroq mablag`ga chuv tushirgan yigit aybiga iqror bo`lmadi. Lekin jabrlangan qizlarning barchasi yigit ularga uylanishni va`da qilganini aytgan. U ijtimoiy tarmoqqa joylagan e`lonida uylanishini, kelinning yoshi ahamiyatsiz ekanini va mahr uchun uy hamda mashina ham berishini aytgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Bektemir tuman sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi, 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilgan shaxs 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.






