Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun 8 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja, cho`l hududlarida 30 darajagacha iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda chang- to`zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq bo`ladi.
Joriy yilning 7-8 iyun kunlari O`zbekistonga Eron hududidan issiq havo oqimining kirib kelishi davom etadi. Shu sababli havo harorati ko`tariladi, jumladan:
7-8 iyun kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;
7-8 iyun kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha;
7-8 iyun kunlari Farg`ona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha ko`tariladi.
7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho`l hududlarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatiladi.






