O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Rim va Milan shaharlarida oliy darajadagi muzokaralar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda Italiyaning etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muloqot o`tkazilishi rejalashtirilgan.






