AsosiyJamiyat

Toshkentda "SES" mudiri pora bilan qo`lga tushdi

'Toshkentda "SES" mudiri pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo`lim mudiri ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi Toshkent shahar boshqarmasi bo`lim mudiri O.X. “N.Sh.” MChJning 4 nafar ishchi xodimiga sog`lomligi to`g`risida tibbiy daftarcha tayyorlab berishi evaziga MChJ rahbaridan 1,7 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar