AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik migrant YTHga uchradi

'Rossiyada o`zbekistonlik migrant YTHga uchradi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Viborg tumanida o`zbekistonlik fuqaro polisiyadan qochib YTH sodir etdi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, 20 yoshli O`zbekiston fuqarosi yo`l-patrul xizmati inspektorining avtomashinani tekshirish uchun to`xtatish so`roviga amal qilmagan va shaxsiy Kia rusumli mashinasida harakatlanishda davom etgan. Oqibatda o`zbekistonlik yigit yo`lovchi o`rindig`idagi 22 yoshli do`sti bilan svetoforning taqiqlangan chirog`ida o`tib ketgan.

Yigit Gavrilina ko`chasida boshqaruvni yo`qotib, to`xtab turgan Skoda mashinasiga borib urilgan. Shundan so`ng migrantlar voqea joyidan qochishga uringan vaqtida hibsga olingan.

Hozirda ularga nisbatan inspektor buyrug`iga asosan to`xtamaslik, svetofordan o`tish va tibbiy ko`rikdan o`tishdan bosh tortish bo`yicha ma`muriy bayonnomalar tuzilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mashinani boshqargan yigit spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar ta`sirida bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar