Toshkent viloyati, Toshkent tumanining Ko`kterak hududi, «Uchsada» MFY hududidan oqib o`tuvchi «Zaxariq» kanaliga 6 yoshli bola tushib ketgan. Voqea 2023 yilning 3 iyun kuni sodir bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, tegishli tashkilotlar bolaning jasadini topish uchun Suv xo`jaligi vaziridan «Zaxariq» kanali suvini bir kunga to`xtatib turishga ruxsat so`ragan.
Biroq «yuqori»dan suvni to`xtatib turishga ruxsat berilmayotgani aytilmoqda.
Bolakayning yaqinlari hali ham uning jasadini topa olishgani yo`q.






