AsosiyJamiyat

Mirziyoev rasmiy tashrif bilan Italiyaga boradi

'Mirziyoev rasmiy tashrif bilan Italiyaga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-9 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ladi.

Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo`lib o`tadi. Davlatimiz rahbari Italiya Prezidenti Serjo Mattarrella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar o`tkazadi.

O`zbekiston bilan Italiya o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo`nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi. Xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.

Bundan tashqari, O`zbekiston etakchisi bosh qarorgohi Italiya poytaxtida joylashgan Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun`yuy bilan uchrashuv o`tkazadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milan shahrida bo`lib o`tadi – O`zbekiston Prezidenti Lombardiya provinsiyasi gubernatorini qabul qiladi hamda Italiyaning etakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar