Joriy yilning 6 iyun kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.
Majlis kun tartibidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro`yxatga olish, Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi tezkor axborot berish markazi faoliyatini tashkil etish, O`zbekiston Respublikasining Prezident saylovida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar va OAVlarini akkreditasiyadan o`tkazishga oid masalalar o`rin oldi.
Qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasi 5 iyun kuni siyosiy partiyalardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzodlarni ro`yxatga olgan edi.
Ishonchli vakillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodga saylov kampaniyasini o`tkazishda yordam beradi, uning saylanishi uchun tashviqot olib boradi, davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan bo`ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.
Saylov qonunchiligi talablariga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodMarkaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olingandan so`ng uning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olinadi. Nomzodning ishonchli vakillariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Shundan kelib chiqqan holda, majlis davomida O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ulug`bek Ilyasovich Inoyatovning, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoevning, O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan Robaxon Anvarovna Mahmudovaninghamda O`zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xudoyqulovich Hamzaevningishonchli vakillari ro`yxatga olindi.
Shuningdek majlisda, saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish davrida Markaziy saylov komissiyasi huzurida tezkor axborot berish markazi tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilindi va tegishli Nizom tasdiqlandi.
“Call-center”ning asosiy vazifasi saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish davrida fuqarolar bilan real vaqt rejimida to`g`ridan-to`g`ri muloqotni yo`lga qo`yish, saylov komissiyalari faoliyati, saylovga tayyorgarlik ko`rish hamda uni o`tkazishning barcha bosqichlarihaqida to`liq va ishonchli axborotnifuqarolarga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish orqali etkazish, shuningdek, saylovchilarning ovoz berish va murojaat qilishga oid konstitusiyaviy huquqlari so`zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish, fuqarolarning saylov qonunchiligi va saylov jarayonlaridan xabardorlik darajasini oshirishdan iborat.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan EXHT DIIHBning 12 nafar saylovni kuzatuvchi missiyasi vakillari MSKning qarori bilan akkreditasiyadan o`tkazildi.
Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib, 39 ta mahalliy ommaviy axborot vositasining 139 nafar vakili akkreditasiya qilindi. Shu bugunga qadar akkreditasiyadan o`tkazilgan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni 229 nafarni tashkil etmoqda.






