Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqandga tashrifi doirasida "Shirin" massivining master rejasi taqdimoti bilan tanishdi.
Bu mahalla xalqaro aeroport yaqinida, Zarafshon daryosi bo`yida joylashgan. So`nggi yillarda Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlikka munosib tarzda ushbu hududda zamonaviy massiv qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 389 gektar er ajratilgan.
Loyihaga ko`ra, massivda ko`p qavatli uylar, maktab va bolalar bog`chalari, poliklinikalar, sport maydonlari va ko`ngilochar maskanlar bo`ladi. Yirik biznes va savdo majmualari iqtisodiyot rivojiga, ish o`rinlari ko`payishiga qo`shimcha impuls beradi. Massivni shahar bilan bog`lovchi ko`prik va yo`llar, infratuzilma va kommunikasiya tarmoqlari barpo etiladi.
Davlatimiz rahbari loyihani ilg`or shaharsozlik tajribasi asosida takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarni ko`paytirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.






