AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`lovchi avtobusi bilan YTH sodir etgan Cobalt haydovchisi vafot etdi

'Toshkentda yo`lovchi avtobusi bilan YTH sodir etgan Cobalt haydovchisi vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida yo`lovchi avtobusi bilan to`qnashgan Cobalt haydovchisi vafot etdi. Bu haqda shahar YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, holat 6 iyun kuni soat 15:20 larda Mirzo Ulug`bek tumanida Do`rmon yo`li—G`azalkent ko`chalari kesishgan chorrahada sodir bo`lgan. YTH natijasida Cobalt haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. 

Biroq tibbiyot xodimlarining sa`y-harakatlariga qaramasdan, Y.F. vafot etgan. Shuningdek, Cobalt avtomashinasining 1 nafar yo`lovchisi ham olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonaga yotqizilgan, hozirda shifokorlar nazoratida.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar