Toshkentda fuqaro o`zini ko`p qavatli uydan tashlab yubordi. 38 yoshli erkak voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 4 iyundan 5 iyunga o`tar kechasi soat taxminan 01:50 larda Olmazor tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko`ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasiga Olmazor tumani, Qoraqamish dahasida yashagan 1985 yilda tug`ilgan fuqaro I.A. yashash uyidan (4-qavatdan) soat taxminan 00:30 larda o`zini tashlab yuborib, joniga qasd qilib vafot etgan holatda olib kelinganligi haqida xabar kelib tushgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, I.A.ning o`limi bosh ko`krak yopiq tumtoq jarohatlari, chap chakka peshona suyagi katta bo`lakchali sinishi, chap tomondan 2,3,4,5-qovurg`alar yopiq sinishi, tanasida ko`plab shilinishlar oqibatida yuz berganligini aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, I.A. oilasi bilan ijarada yashaganligi, ro`yxatdan o`tmasdan buyurtma asosida plastik romlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanib kelganligi, qarzlari ko`payib ketganligi sababli tushkunlikda yurganligi, 4 iyundan 5 iyunga o`tar kechasi yotoqxonadagi oyna oldida turib, sigaret chekib o`zini tashlab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan I.A. o`zini tashlab yuborish sabablarini aniqlashga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilayotgan bo`lib, o`limi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
O`tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo`lib, natijasiga ko`ra, qonuniy qaror qabul qilinadi.






