O`zbekiston-Qatar sammiti yakunida daraxt ekish marosimi bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bog`ida birgalikda daraxt ekdilar.
Bu O`zbekiston bilan Qatar o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlangani va etakchilarning xalqlarimiz do`stligini mustahkamlash yo`lidagi qat`iy intilishi ramzidir.






