Joriy yilning 23 may kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani IIB bo`limi tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda ijtimoiy tarmoq orqali sodir etilishi mumkin bo`lgan yana bir tovlamachilik jinoyatining oldi olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, chinozlik 23 yoshli yigit tanishi 19 yoshli qizni shaxsiy fotosuratlarini tarqatish bilan qo`rqitib, undan 1000 AQSh dollari talab qilib kelgan. Holat yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, yigit qizdan talab qilgan pulning 1 million so`mini olayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlandi.
Ushlangan shaxsga nisbatan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.






