O`zbekistonda may oyida 20,6 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo`yicha 135 ta holat aniqlandi. Taqqoslash uchun, aprel oyida 5,5 mlrd so`mlik 225 ta holat aniqlangan.
2023 yilning may oyida Energetika vazirligi huzuridagi "O`zenergoinspeksiya" va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan nazorat tadbirlarida 135 ta holatda iste`molchilar tomonidan 23 mln kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buning oqibatida tizimga 20,6 mlrd so`m zarar keltirilgan.
Noqonuniy foydalanishning eng ko`p holatlari Samarqand, Jizzax va Buxoro viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.
Misol uchun, Samarqand viloyatidagi "Ch.Z.D." fermer xo`jaligida 1,7 mlrd so`m, Jizzax viloyatidagi ilmiy-tajriba stansiyasida 442,9 mln so`m, Buxoro viloyatidagi "T.K." MChJda 324 mln so`m miqdoridagi qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.
Qoidabuzar iste`molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi, nazorat tadbirlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.






