AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik migrant qurilish ob`ektining 2-qavatidan tushib ketdi

'Rossiyada o`zbekistonlik migrant qurilish ob`ektining 2-qavatidan tushib ketdi'ning rasmi

Rossiyaning Voronej viloyatida qurilishda ishlagan o`zbekistonlik erkak ish vaqtida ikkinchi qavatdan tushib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Aytilishicha, fuqaro Voronej viloyatiga 2022 yilda ishlash maqsadida borgan. 2023 yilda esa u ish vaqtida qurilish ob`ektining 2-qavatidan yiqilib tushgan. Oqibatda o`zbekistonlik erkak og`ir tan jarohati olgan va Voronej viloyati shifoxonasiga davolanish uchun yotqizilgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Voronejdagi vakili uning holidan xabar olgan. Bilidirilishicha, ayni paytda bemorning ahvoli yaxshilangan. Tez orada unga shifoxonadan javob berilishi ma`lum bo`lgan. Hozirda uni O`zbekistonga qaytarish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar