AsosiyJamiyat

Toshkentda jurnalistga tahdid qilgan shaxs qamaldi(video)

'Toshkentda jurnalistga tahdid qilgan shaxs qamaldi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "MY5" telekanali muxbiri N. Teshaev Toshkent shahridagi Mirzo Ulug`bek tumanida aholi murojaatini o`rganayotgan paytdagi  tahdidga uchragani aytilgan video tarqaldi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun bo`lib o`tgan ochiq sud majlisida M. Ya. (1993 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan) ga oid ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rib chiqilgan.  

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudining 2023 yil 5 iyundagi qaroriga ko`ra, M. Ya. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma`lum qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar