Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryolik blogerlar Otabek Artikov va Maqsud Muzaffarovlar o`z faoliyatini tugatishganini ma`lum qilishdi. Buning ortidan Qashqadaryolik blogerlar - @Karimovuz, @Nasafnewsuz, yazdurdiyev_blog faoliyatini yakunlashganini keshnews noma`lum muddatga to`xtatganini aytishmoqda.
" Menda qo`rquv bo`lmagan. Shunday muhitda tarbiyalandim. Haqlik uchun doim baralla gapirdim, jonim xatarda qolsa ham. Vatanni hech kimdan kam sevmadim, hatto “o`zbekka dushman” deyishsa ham. Oilamni taqib qilishdi, shaxsiyatga tegishdi, baribir davom etdim. “So`z erkinligi” uchun kurashdik, biroq…
Bugun vaziyat jiddiylashdi. So`nggi voqealar, ya`ni Kapitan Karimov va Maqsud Muzaffarov bilan sodir bo`lgan voqealar, atigi bir savol uchun qamalib ketish, nafaqat OAV, balki inson huquqlari bilan bog`liq so`nggi ishlar barchamiz uchun “jiddiy signal” bo`ldi.
Birinchi rahbar tomonidan uzoq kutilgan erkinlikni berilishi, yaqinda Konstitusiyada kafolatlangan erkinliklardan juda ruhlangan edim. Biroq, o`rtada katta kuchlarning borligi (qarshiligi) hafsalamni pir qildi. Qisqasi, oilamga tinchlik kerak", deydi Yazdurdiyev | #MarslikOvchi blogining yurutuvchisi.
Bu holat jamaotchilik faollari tomonidan tanqid ostiga ostiga olinmoqda. Ular buni O`zbekistonda so`z erkinligining bo`g`ishga bo`lgan harakatlarning samarasi deya baholashmoqda.
Rasul Kusherbaev holatga shunday munosabat bildirdi.
"Bu aslida so`z erkinligi va demokratiyaga qilinayotgan huruj. Ayrimlar O`zbekistonda demokratiya bo`lishini istamayapti!
Qizig`i, bugun bosim qilayotganlarning o`zlari ertaga xuddi shu bloger va jurnalistlardan adolatni yuzaga chiqarishda yordam so`rab kelishadi. Agar o`sha vaqtgacha ulardan kimdir qolgan bo`lsa albatta.
Blogerlarning ketkazilishi demokratik O`zbekiston uchun yana yo`qotish bo`ldi", deydi u.






