Qashqadaryolik blogerlar Otabek Artikov va Maqsud Muzaffarovlar o`z faoliyatini tugatishganini ma`lum qilishdi.
Otabek bugundan boshlab blogerlik faoliyatimni butunlay yakunlashga qaror qilganligini, shunchaki barcha tarmoqlardan ketishni va oddiy hamda sokin hayot kechirishni istashini ma`lum qilgan.
"Men blogimdan moddiy daromad topib boyib ketganim yo`q, mashhurlikni ketidan quvganim ham yo`q va mashhur ham emasman. Shunchaki bu xobbi orqali odamlarni oz bo`lsada muammolarini echishni qonunga tupurganlarni junini yulishni istagan edim.
Nima topdik nima yo`qotdik buni bilmayman, bilganim sizlar bilan o`tgan vaqtimga achinmayman", deydi u.
Avtobloger Maqsud Muzaffarov ham faoliyatini tugatishga qaror qilganini bildirgan.
"Menga ota-onamning istak-xoxishi hamma narsadan muhim.
Oldinroq Maqsud Muzaffarov va Kapitan Karimovlarga nisbatan kulgili tarzda 5 sutka ma`muriy qamoq berilgandi (https://t.me/bahodirahmedoff/8877).
Eslatib o`tamiz, 29 may kuni Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi ikki nafar bloger mayda bezorilikda ayblanib, har biri 5 sutkadan ma`muriy qamoq bilan jazolangan edi.






