Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda fuqaro F.G. “R.n.” MChJning avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchasining katta operatori vazifasida ishlab kelib, tadbirkorning 231 mln so`mlik dizel va benzin yoqilg`isini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






