Ertaga, 5 iyun kuni soat 10:00 dan boshlab Toshkent viloyati Bo`stonliq tumaniga olib boruvchi davlat ahamiyatiga ega bo`lgan 4R12 “Bektemir-Chorbog` q.” avtomobil yo`lining 32-kilometrida ( Bo`stonliq va Yuqorichirchiq tumanlari chegarasida joylashgan ko`prik) joylashgan ko`prikning Toshkent-Chorbog` yo`nalishidagi qismi yopiladi.
Chorbog`-Toshkent yo`nalishdagi qismida esa qarama-qarshi harakat tashkil etiladi.
Hozirda ushbu joyda barcha tegishli yo`l belgilari o`rnatildi.
05.06.2023 11:15
Toshkent viloyati Bo`stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo`lidagi ko`prik 5-iyun kuni qisman yopiladi






