IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining bergan xabariga ko`ra, Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi 25 yoshli (ayol) M.N. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida noma`lum shaxs tomonidan M.N.ning uyatli foto va videotasvirlari borligini aytib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 4.000.000 so`m talab qilganligini ma`lum qilgan.
O`rganish davomida, tovlamachilik yo`li bilan pullarni o`zlashtirmoqchi bo`lgan shaxslar, Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi aka-ukalar, 25 yoshli T.J. va uning ukasi 23 yoshli U.J.lar M.N.ning suratini fotoshop dasturi yordamida uyatsiz shaklga keltirib o`zgartirishganligi ma`lum bo`ldi.
Ma`lum qilinishicha, aka-uka T.J. va U.J.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, T.J. va U.J.lar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan, deyiladi xabarda.






