AsosiyJamiyat

Test sinovlari yopiq binolarda o`tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o`zgaradi

'Test sinovlari yopiq binolarda o`tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o`zgaradi'ning rasmi

O`zbekistonda 2023/2024-o`quv yili uchun test sinovlari o`tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingani to`g`risida xxabar berilgandi. O`zAning ma`lum qilishicha, test sinovlari yopiq binolarda o`tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o`zgaradi.

Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o`tkazilgani sababli 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa 19:00 dan 22:00 gacha o`tkazilgan edi. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo`lardi.

Uch yillik tanaffusdan keyin test sinovlarini yana yopiq binolarda o`tkazilayotgani sababli, endi bunaqa vaqtli va kech imtihon o`tkazishga ehtiyoj yo`q. Shu sababli, xuddi 2018-2019 yillarda bo`lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar