AsosiyJamiyat

Toshkentdagi mahallalardan biriga suv toshdi

'Toshkentdagi mahallalardan biriga suv toshdi'ning rasmi

Kecha, 4 iyun kuni Sergeli tumani, Junariq mahallasidagi 9 ta xonadon va 3 ta ishlab chiqarish korxonasi hududiga suv toshishi kuzatilgan.

Poytaxt hokimligi xabariga ko`ra, holat Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan o`rganilgan va bartaraf etishga kirishilgan. Tegishli xizmatlar tomonidan ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida suv toshqini to`liq bartaraf etilgan. 

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 9 ta maxsus texnika, 7 ta suv tortish moslamasi, "Toshkent shahar suv ta`minoti" korxonasidan 2 ta vodovoz hamda Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasidan 2 ta vodovoz jalb etilgan.

Aniqlanishicha, holat Toshkent viloyati Bo`zsuv irrigasiya tizimlari boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasini ogohlantirmasdan Sergeli tumani, "Junariq" MFYdan oqib o`tuvchi Jun kanalining hamda Chilonzor tumani, Seul ko`chasidagi Bo`rijar kanalining suv olish inshootlari noma`lum sabablarga ko`ra, yopilganligi hamda Salar kanaliga to`liq suv ochilganligi oqibatida yuzaga kelgan, deyiladi rasmiy ma`lumotda.

    Boshqa yangiliklar